Ko'p so'ralgan savollar

Ko'p so'ralgan savollar

  • 01. ❓Xususiy oliygohlarning qonuniyligini qanday tekshirish mumkin?

    ⚠️ Nodavlat OTMlarning litsenziyasi haqiqiyligini license.gov.uz saytiga kirib tekshirish mumkin. Saytning "Reestr" bo’limida “Hujjat raqami”ga litsenziya raqami kiritilsa, tegishli ma'lumotlar chiqib keladi. Shu bilan birga, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga binoan, davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat OTMlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni (diplom) beradi.

  • 02. ❓Xususiy universitet diplomi boshqachami?

    ❌ Yo'q, davlatniki bilan bir xil! Ko'pchilik abituriyentlar xususiy oliygohlarning diplomi boshqacha bo'ladi, davlat universitetlarinikidan farq qiladi deya xato fikrlashmoqda. Aslida, davlat tomonidan qonuniy litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan xususiy oliygohlar o'z bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplomni taqdim etishadi. Masalan, ushbu rasmda Farg'onadagi xususiy oliygohlardan biri - Qo'qon universitetining diplomi keltirilgan. Eslatib o'tamiz, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasiga asosan, litsenziyaga ega nodavlat oliy ta'lim muassasalarining diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi.

  • 03. ❓Ta'lim krediti faqat davlat OTMlari uchun beriladimi?

    📌 To‘lov shartnoma asosida o‘qiyotganlar uchun ajratiladigan ta’lim krediti faqat davlat OTMlari talabalariga emas, balki xususiy OTMlar talabalariga ham ajratiladi.

  • 04. ❓ Kredit olish imkoniga kimlar ega?

    Respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalari. O‘qishini "perevod" qilganlar ham kredit ololishi mumkin. Bunda talaba kontrakt qog‘ozini (OTM bilan tuzilgan kontrakt shartnomasi) bankka topshiradi va bir yillik kontrakt summasiga teng kredit ola oladi.

  • 05. ❓Xususiy oliygohlarda o‘qiyotgan talabalar ham o‘qishni ko‘chirish uchun hujjat topshirib, ham
    bakalavrga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladimi?

    ✅ Ha, bo‘ladi. Faqat ikkala imtihondan ham muvaffaqiyatli o‘tsa, bittasini tanlash kerak bo‘ladi.

  • 06. ❓Ham davlat oliygohlariga, ham yurtimizdagi xususiy universitetlarga hujjat topshirsa bo‘ladimi?

    ✅ Ha, bo‘ladi. Davlat oliygohlariga 5 tagacha topshirsa bo‘ladi, xorijiy va nodavlat-xususiy OTMlarga esa istalgancha, xohlang o‘ntasiga, xohlang yuztasiga hujjat topshirish mumkin. ❌ Lekin oxirida faqat bittasini tanlash kerak. Bir vaqtning o'zida ikki xil ta'lim muassasasida yoki ikki xil ta'lim yo'nalishida o'qishning iloji yo'q.

  • 07. ❓Nodavlat oliygohlarning diplomi o‘tadimi?

    ✅ Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiq taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi. ☝️ Yaʼni, tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.

  • 08. ❓Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

    ✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali) tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan. ❗️BHM – 330 ming so‘m (2022-yil 1-iyundan). 50xBHM=16 500 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi./p>

Copyright © UNIEP 2024