Yangilik haqida

Image
  • May 29, 2024

Xalqaro ilmiy anjuman

Namangan davlat pedagogika institutida "Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda axloqiy-estetik tarbiyani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari" mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman oʻz ishini boshladi.
Anjumanda Rossiya, AQSh, Belorussiya, Zambia, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi dunyoning 20 ortiq mamlakatlari vakillari online va offline tarzda ishtirok etishmoqda.
Shuningdek, mazkur anjumanda “University of economics and pedagogy” nodavlat oliy ta’lim muassasasining “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Namangan davlat pedagogika institutida oʻtkazilayotgan "Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda axloqiy-estetik tarbiyani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari" mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Saidahror Gʻulomov, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti Ilmiy loyihalar va dasturlar departamenti direktori Perizat Parmanqulova, Oʻsh davlat universiteti dotsenti Jamilya Dosmatova, Zambiyalik oʻqituvchi Millimo Mundialar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

Copyright © UNIEP 2024