- Okt 08, 2024
2024-2025 O'quv yili boshlandi
Universitetda o‘quv yilining boshlanishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.
Universitet rektori N.X.Xalilov talabalarni yangi oʻquv yili bilan tabriklab, ilk bor universitet ostonasini hatlab oʻtgan yoshlarga alohida eʼtibor qaratdi. Ular bugungi kunning eng baxtli yigit-qizlari ekanligini taʼkidladi, talabalar va ustozlarni yangi oʻquv yili bilan qutlab, oʻzining eng ezgu tilaklarini bildirdi.